SamDCHTI akademik litsey talabalar turar joyi

SamDCHTI akademik litseyi talabalar turar joyi Samarqand shahri Bo'stonsaroy ko'chasi 93-uyda joylashgan bo'lib, unda hozirgi kunda 95 nafar o‘quvchi istiqomat qilmoqda, ya’ni o'quvchilarni talabalar turar joyi bilan qamrab olish ko'rsatkichi 19% ni tashkil etadi. Shundan 1-bosqich o‘quvchi yigitlar 22 nafarni, o‘quvchi qizlar 31 nafarni tashkil qilsa, 2-bosqich o‘quvchi yigitlar 22 nafarni, o‘quvchi qizlar 20 nafarni tashkil qiladi. Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi o‘quvchilarga yashash, dars qilish, darsdan tashqari qo'shimcha shug'ullanish hamda dam olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida 6-sentabrdan quyidagi to‘garaklar o‘z faoliyatini boshladi:

 

•  Dushanba: Stol tennisi –16:00dan, 18:00gacha

•  Seshanba: Og‘ir atletika –16:00dan, 18:00gacha

•  Chorshanba: Stol tennisi –16:00dan, 18:00gacha

•  Payshanba: Og‘ir atletika – 16:00dan, 18:00gacha

•  Juma: Futbol –16:00dan, 18:00gacha

 

Yuqorida qayd etilgtan to‘garaklarga akademik litseyda tahsil olayotgan 45 nafar o‘quvchilar jalb qilingan bo'lib, jarayonlar qizg'in davom etmoqda.

Bundan tashqari, talabalar turar joyida haftaning har Juma kunida ingliz tili fani bo‘yicha “Future leaders” to‘garagi ham tashkil qilingan bo‘lib, ushbu to‘garakda ishtirok etuvchi o‘quvchilar soni 26 nafarni tashkil qilmoqda.