1

Qodirov Abduvalijon Bektoshevich

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

 

Qabul vaqti: Dushanba, Payshanba : 08:00-15:00
Telefon: +998 (97) 928-73-71
E-mail: qodirov.a@samdchti-al.uz

O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qiladi, davlat va tarmoq ta’lim standartlarida belgilangan o‘quv reja va dasturlarning bajarilishini ta’minlaydi.

Pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda qatnashadi, pedagogik jamoaning o‘quv-uslubiy ishlarini boshqaradi, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ilg‘or tajribasini o‘rganadi va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etadi, pedagog xodimlarga metodik yordamni tashkil qiladi va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini tahlil qiladi.

O‘qituvchilarning kalendar taqvim ish rejalarini ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.

O‘qituvchilarning pedagogik yuklamasini hisoblaydi, bajarilishini nazorat qiladi.

Dars jadvali, davlat attestasiyasini va boshqa o‘quv taqdimotlari grafigini ishlab chiqadi, fakultativ darslar va fan to‘garaklarini tashkil etadi, fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish bo‘yicha yosh mutaxassislarga uslubiy yordam tashkil etadi.

O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish, o‘quv yuklamalarini bajarilishini nazorat qiladi, guruh jurnallarining yuritilishi va saqlanishini ta’minlaydi, guruh rahbarlari faoliyatini boshqaradi o‘quv ishlarining holati va natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi.