O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkiloti yetakchisi
Yaxshiboyev Orzumurod To'lqinovich
Qabul vaqti: Chorshanba: 10:00-13:00
Telefon:+998 (66) 233-11-54
E-mail: info@samdchti-al.uz
Taʼlim muassasasi maʼmuriyati bilan birgalikda pedagogik jamoa, faol oʻquvchilar, jamoatchilikni jalb qilgan holda oʻquvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol gʻoyalarini singdirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kamol toptirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim-tarbiyaviy loyihalarni amalga oshiradi;
Taʼlim muassasasi maʼmuriyati bilan birgalikda oʻquvchilarning intilishi va qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashga koʻmaklashishga qaratilgan koʻrik-tanlovlar, bilimdonlar bellashuvi, sport musobaqalari, koʻrgazmalar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etadi;
Taʼlim muassasasi oʻquvchilari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport, harbiy-vatanparvarlik, sogʻlom turmush tarzi va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan loyihalarni oʻtkazadi;
Taʼlim muassasasi oʻquvchilarining davomatini yuritish, darslarni muntazam qoldirib kelayotgan oʻquvchilarni taʼlim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlarni guruh rahbari va yoshlar bilan ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari bilan birgalikda amalga oshiradi;
Taʼlim muassasasidagi besh muhim tashabbus doirasida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan madaniyat, sanʼat, sport, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va boshqa yoʻnalishlardagi toʻgarak va klublardagi oʻquvchilar ishtiroki boʻyicha maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, “Barkamol avlod” maktablari hamda “Yoshlar markazi” bilan hamkorlik qiladi;
Taʼlim muassasasi oʻquvchilari oʻrtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning oʻzlari istiqomat qilayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzey va teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtiradi;
Taʼlim muassasasi psixologi bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonlikni oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlarini olib boradi hamda soʻrovnomalar oʻtkazadi;
Taʼlim muassasasida Sardorlar Kengashi faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyadi;
Taʼlim muassasasidagi taʼlim-tarbiya jarayonida oʻquvchilar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolari, taklif-istaklarini oʻrganish va hal etishga koʻmaklashadi;
Taʼlim muassasasidagi oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishi, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini oʻrganib borish, oʻquvchilar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish hamda bu boradagi muammolarni pedagogik kengash kun tartibiga kiritadi.