BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Ustoz - hayot so'qmoqlarida yo'lboshchi. Qorong'u kuningda umringni yoritguvchi nur. Ustoz - og'ir damlaringda maslahatgo'y.
1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni". Mazkur sana har yili mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanadi. Negaki, zahmatkash ustozlarimiz sha'niga qancha iliq so'zlar aytsak, ularni qancha ulug'lasak, shuncha kam.
Bugun SamDCHTI akademik litseyi o'quvchilari akademik litseyda faoliyat yuritib, o'z bilim va tajribalarini bo'lishib kelayotgan fidoyi o'qituvchilarni musiqa sadolari ostida tantanali kutib olib, kasb bayramlari bilan muborakbod etishdi.
O'quvchilarning hamda akademik litsey ma'muriyatining samimiy qutlovlari ustoz va murabbiylarimizga bayram kayfiyati va dillariga xushnudlik baxsh etdi.

.jpg)
.jpg)




SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


