SamDCHTI akademik litseyida rus tili fanidan o'tkazilgan respublika fan olimpiadasi saralash bosqichi g'oliblari aniqlandi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan rus tili fan olimpiadasining saralash bosqichi o'tkazilganligi haqida xabar bergan edik. Mazkur olimpiada g'oliblari aniqlandi.
Natijalarga ko'ra: 2-kurs o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan test hamda yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi uch nafar o'quvchi viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
1-o'rin: Turdiyeva Aziza;
2-o'rin: Usmonqulova Rushana;
3-o'rin: Ne'matova Farangiz.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


