Samarqand viloyati Nukus tumanini yanada rivojlantirishga ko'maklashmoqda

Chop etish

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikamiz viloyatlari Qoraqalpogʻistondagi tumanlarga biriktirilgan.

Mazkur tashabbusga koʻra, Samarqand viloyati Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus tumanini oʻz tajribasi asosida yanada rivojlantirishga koʻmaklashyapti. Ana shu tashabbus asosida Nukus tumanini 2022-2024-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish maqsadida Samarqand viloyati tomonidan 898,5 milliard soʻmlik loyihalar ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihalar doirasida SamDCHTI akademik litseyi jamoasi ham faol ishtirok etishmoqda. Viloyat faollari ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun Nukusga bordi. Ularni qoraqalpogʻistonlik faollar Nukus temiryoʻl vokzalida munosib kutib oldi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati