Inspektor-psixolog va o'quvchilar uchrashuvi bo'lib o'tdi
Yoshlar o'rtasida qoidabuzarlik holatlarining oldini olish, ularning bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazishlarini ta'minlash, turli jinoyatlarning ayanchli oqibatlari xususida ma'lumot berish maqsadida Samarqand shahar IIB inspektor-psixologi Bekzod Umurzoqov va SamDCHTI akademik litseyi o'quvchilari o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.
Suhbat jarayonida o'quvchilarga hozirgi kunda yoshlar va o'smirlar o'rtasida kuzatilayotgan qoidabuzarlik holatlarida asosiy omillar huquq va majburiyatlardan to'liq xabardor bo'lmaslik, bo'sh vaqtlarni to'gri taqsimlamaslik va atrofda ro'y berayotgan voqea hamda hodisalarga befarqlik bilan yondashish kabilar ekanligi, o'quvchilar yuqoridagi holatlar yuzaga kelishiga yo'l qo'ymasligi lozim ekanligi alohida ta'kidlandi.





SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


