Munavvarim - ona tilim

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda akademik litsey mas'ullari, SamDCHTIdan tashrif buyurgan mehmonlar hamda o'quvchilar ishtirok etishib, ona tilimiz qadr-qimmati, uning milliyligimiz hamda davlatchiligimizda tutgan o'rni haqida so'z yuritishdi. 

Shuningdek, o'quvchilar ona tilimizga bag'ishlangan ijod na'munalari bilan yig'ilganlarga xushnudlik baxsh etishgan bo'lsa,  bir guruh o'quvchilar ona tilimiz xususida turli tillarda ma'lumotlar ulashishdi. Shundan so'ng tadbir kuy-qo'shiq va o'quvchilarning ijod na'munalari ijrosiga ulanib ketdi.

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati