"Zakovat"da sinalayotgan zakovat
Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va salohiyatini yanada oshirish va iste’dodlarini ro’yobga chiqarish, tafakkur olamini kengaytirish maqsadida tashkil qilinayotgan to’garak va bellashuvlardan yana biri “Zakovat” intellektual o’yinlaridir.
Muntazam ravishda o’tkazilayotgan mazkur musobaqada TTJ da yashovchi talabalar hamda akademik litseyimiz o’quvchilari faol ishtirok etishib, zakolarini sinovdan o’tkazishmoqda. Quvonarlisi, SamDCHTI akademik litseyi o’quvchilari bellashuvlarda eng yaxshi natijalarni qayd etgan holda g’oliblar safidan joy olmoqda.







SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


