O'quvchilar tibbiy ko'rikdan o'tkazilmoqda

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida tahsil olayotgan o'quvchilarning salomatligini asrash, sog'ligidagi muammolarni o'rganish, jismoniy holatini nazoratdan o'tkazish, kerakli maslahatlar berish va zaruriy choralarni ko'rish maqsadida tibbiyot xodimlari tomonidan bosqichli tibbiy ko'rik o'tkazilmoqda.

Mazkur tibbiy tekshiruvlar doirasida bugun akademik litseyda ta'lim olayotgan 1-kurs o'quvchilarining bir qismini to'liq tekshiruvlardan o'tkazish maqsad qilingan. Jarayon davomida o'quvchilar salomatligi bilan bog'liq barcha savollarga mutaxassislardan javob olishmoqda. Zero, o'quvchilar salomatligi har narsadan ustundir!

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati