Baxriddinov Behruz maxsus stipendiya bilan taqdirlandi
SamDCHTI akademik litseyida tahsil olayotgan iqtidorli o'quvchilardan biri Baxriddinov Behruz Xitoy xalq Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan xitoy tilini tirishqoqlik bilan o'rganayotganligi, shuningdek, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelayotganligi uchun maxsus stipendiyaga (4 million so'm miqdoridagi) munosib deb topildi.
O'z iqtidori bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lishga arziydigan o'quvchimizni erishgan yutug'i bilan samimiy qutlagan holda kelajakda yanada yuksak natijalarga erishishi tilakdoshimiz.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


