Ona tili fanidan ochiq dars o'tkazildi
Bugun SamDCHTI akademik litseyining bir guruh o'quvchilari ishtirokida "So'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Unda o'quvchilar turli qiziqarli mashg'ulotlar bajarish bilan bir qatorda, mavzu yuzasidan bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlab olishdi. Jarayon davomida o'tkazilgan qiziqarli savol-javob va viktorinalar kuzatuvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.





SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


