Ilmga chanqoq o'quvchilarimizning yutuqlarini ulashishda davom etamiz!
/zakovat%2016-mart/targ'ibot/Internet/shaxmat/Moskva/notiqlik/OTM/OTM/Xitoy%20tili%20g'oliblar/OTM/Iftixori/Nurbek/YADA/ota-onalar/ota-onalar/sertifiktchilar/sertifiktchilar/ochiq%20dars/Zakovat/Aziza/Aziza.jpg)
SamDCHTI akademik litseyining iqtidorli, bilimga chanqoq va tirishqoq o'quvchilari erishayotgan yutuqlar haqida muntazam ravishda xabar berib bormoqdamiz.
Ana shunday o'quvchilarimizdan yana biri Turdiyeva Aziza Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo'yicha xalqaro sertifikat — IELTS imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, umumiy 7.0 (Listening - 8.0, reading - 7.0, speaking - 6.0, writing - 6.5) darajani qo'lga kiritdi.
Turdiyeva Azizani ustozlari hamda o'zining betinim mehnatlari samarasi o'laroq erishgan yutug'i bilan samimiy qutlab, kelgusida bundan-da yuqori marralarni zabt etishini tilaymiz!
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


