"HAPPY NEW YEAR" mavzusida bayramona ochiq dars

Chop etish

Yangi yil - har bir qalbga o'zgacha shodlik va quvonch ulashuvchi bayram. O'quvchilarga ta'til oldidan ijobiy kayfiyat ulashish hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida bugun SamDCHTI akademik litseyi 103-guruh o'quvchilari ingliz tili o'qituvchisi Razzoqova Nargiza rahbarligida "Welcome New year" mavzusida bayramona ochiq dars o'tkazishdi.

Unda faol va iqtidorli o'quvchilar ingliz tilidagi turli kuy-qo'shiqlar, ajoyib sahna ko'rinishlari va qiziqarli viktorinalar uyushtirishganligi hamda barcha o'quvchilarning jarayonlardagi faol ishtiroki tomoshabinlarda o'zgacha taassurotlar qoldirdi.

 

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati