Qoldi andin yaxshilig'

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida fanlarni yanada chuqurlashtirib o'qitish, o'quvchilarga qo'shimcha bilimlar berish  maqsadida har bir fan va xorijiy tillar bo'yicha fan oyliklari muntazam tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, fevral oyi akademik litseyda ona tili va adabiyot fan oyligi hisoblanib, mazkur oylik doirasida o'qituvchilar tomonidan  turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan  biri 14-fevral kuni   ona tili va adabiyot kafedrasi o'qituvchilari tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Qoldi andin yaxshilig'"  mavzusida  o'tkazildi. tadbirda Bobur hayoti va ijodidadan go'zal lavhalar namoyish etildi va ijodiyotiga murojaat qilindi.