Adabiyot - ma'rifat dengizi.
Ulug' Alisher Navoiy aytganlaridek, adabiyot dengizida so'z bir dur bo'lsa, durni izlab topuvchi, eng sarasini yuzaga chiqaruvchi g'avvosdir. Ilm yo'lining mohir g'avvosi bo'lish har bir o'quvchida zukkolik, ixlos va doimiy harakatni talab etadi. Bugungi ta'lim tizimida bilimli va zukko o'quvchilarni tayyorlash har bir mas'uliyatli o'qituvchining burchidir.
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Nafisa Nuriddinova tomonidan fan oyligi doirasida "Saddi Iskandariy" dostoni tahlili mavzusi yuzasidan qiziqarli noan'anaviy ochiq dars mashg'uloti tashkil qilindi.
Dars jarayonida " T-chizmasi", "Nazm daqiqasi", " Donishmand Suqrot testi", "PISA test" , "Lug'at usuli", " "Xamsa quyoshi" kabi bir qator metodlardan unumli foydalanildi. Noan'anaviy ochiq darslarning o'tilishi o'quvchilarda fanlarga bo'lgan qiziqishlarni, intilishlarni yanada oshiradi, bilim va ko'nikmalarni chuqur mustahkamlaydi.






