Ota-onalar bilan “ochiq muloqot” shaklida yig’ilish tashkil etildi!

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ijrochi direktori Zokir Bazarov ishtirokida ota-onalar bilan “ochiq muloqot” shaklida yig’ilish tashkil etildi!

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida o’quvchilarning ota-onalari bilan ochiq muloqot shaklida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida bir qancha masalalar yuzasidan so’z yuritildi, xususan o’quvchilarning oliygohlarlarga kirish darajasini yanada oshirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bilim  ko’nikmalarini yanada oshirish maqsadida bepul to’garaklar tashkil etilganligi va faoliyat olib borayotganigi ta’kidlab o’tildi.

Yig’ilishda a’lochi o’quvchilarning ota-onalariga minnatdorchiliklar bildirdi  hamda ma’muriyat xodimlari bilan hamkorlikda ishlashga kelishildi!