Akademik litseyida, bahor elchisi bo’lgan “Navro’z” bayrami ko’tarinki kayfiyatda nishonlandi!

Chop etish

Yosharish va go’zallik bayrami bo’lgan Navro’z bayrami Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Bayram munosabati bilan milliy taomlarimizdan biri bo’lgan halim tayyorlandi va barchaga ulashildi.

Akademik litseyda bayram munosabati bilan bayram dasturxoni bezaldi. Bayram mexmonlarsiz bo’lmaganidek Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Po’latov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali direktori Zayniddin Karshiyevlar mexmon sifatida tashrif buyurishdi.

Kuy qo’shiqlar ostida bo’lib o’tgan bayramda hammaning kayfiyati bayramona tarzda bo’ldi, mana shunday bayramlar bardavom bo’laversin!