“Welcome Navruz” mavzusida ochiq to’garak darsi bo’lib o’tdi.

Chop etish

Bugun Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida 103-guruh o’quvchilari uchun ochiq dars tashkil etildi.

Mazkur ochiq to’garak darsi Ingliz tili fan oyligi doirasida tashkil etilib, o’quvchilarni chet tillariga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida o’tkazildi.

Ochiq to’garak darsi ingliz tili fan o’qituvchisi Razakova Nargiza tomonidan qiziqarli hamda samarali tarzda olib borildi, o’quvchilar esa yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdi!