Akademik litsey va Koreya Chxunnam xalqaro ta’lim markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

Chop etish

Uchrashuvda, Chxunnam xalqaro ta’lim markazi bosh kotibi   Baek Von-Kyu, Chxunnam xalqaro ta’lim markazi direktori Kim Yeon Xva,  ko'p madaniyatli global fuqarolik bo‘limi rahbari Li Xyon Ju hamda Xvan Xye Yonglar mehmon bo’lishdi.

Jarayonda Samarqand davlat Chet tillari instituti akademik litseyi ijrochi direktori Z.M.Bazarov hamda Chxunnam xalqaro ta’lim markazi Kim Yeon Xva ishtirokida memorandum imzolandi.

Mehmonlarga Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi, yaqindan tanishtirildi hamda akademik litsey o'quvchilari mexmonlar bilan "koreys tili" da suhbat olib borishdi, bu mexmonlarga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

Memorandum imzolash jarayonida tomonlar o'zaro talabalar almashinuvini yo'lga qo'yilishi to'g'risida ham kelishuvga erishishdi.