Mustaqilligining 32 yilligi muborak bo`lsin!

Chop etish

Assalomu alaykum aziz vatandoshlar, qadrli hamkasblar! Bugun eng aziz va muqaddas bayramimiz – Respublikamiz Mustaqilligining 32 yilligi arafasida Siz azizlarni, Sizlar orqali butun jamoamiz hamda talaba yigit-qizlarimizni, ushbu eng ulug‘ va eng aziz ayyom bilan chin qalbimdan samimiy qutlashga ijozat bergaysizlar.

Mamlakatimiz ushbu 32 yilda jahon hamjamiyatida ancha sezilarli o`rin egallab kelmoqda, ro’y berayotgan o’zgarishlar va islohotlar esa vatanimiz ko’rkini yanada oshirmoqda. Ko’p millatli xalqimiz uchun bu yillar butun tarixiy davrni o'z ichiga oldi, undan hayotimizning barcha sohalaridagi rivojlanishlar va yuksak yutuqlar o'rin egallagan.

Barchamizga faqat porloq kelajak, musaffo osmon, muvaffaqiyat va farovonlik hamroh bo'lsin. Sizga hamda oilangizga chin dildan to'kin-sochinlik, xonadoningizga esa shinamlik, xotirjamlik va hamjihatlik tilayman!

Zokir Mexrikulovich Bazarov

SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori.