Akademik litseyda "Olima ayollar yurt ko'zgusi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi!

Chop etish

Bugun Samarqand davlat chet tillari instituti xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Xabiba Jabborova hamda akademik litsey xotin-qizlar masalalari bo'yicha direktor maslahatchisi Umida Mamatjonova hamkorligida 'Olima ayol yurt ko'zgusi" mavzusida akademik litsey o'quvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati doirasida o'quvchilarga ilm olishning  ayol kishining hayotidagi tutgan muhim o'rni va uning ijobiy natijalari haqida so'z yuritildi.Davra suhbatida Samarqand davlat chet tillari instituti ingliz tili leksikalogiaysi va stilistikasi kafedrasi mudiri va o'qituvchilari mehmon bo'lishib, o'quvchilarga o’zlarining tajribasi asosida, tegishli maslahatlarini berishdi.