1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni "Aziz va mo'tabar ustozlar bayrami muborak"

Chop etish

Bugun Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida aziz ustozlarni ertalabdan akademik litsey rahbariyati iliq tabriklar va esdalik sovg'alar bilan kutib olishdi. O'quvchilar jonli devor hosil qilishib, qarsaklar ostida sevimli ustozlarini kutib olishdi, bu ajoyib bayramni boshlanishi bo'lib xizmat qildi.

Yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan o’qituvchi – murabbiylar timsolida, ertangi kunimizning porloq kelajagi o’g’il - qizlarimiz baxtini ko’ramiz.

Qalbi ezguliklarga yo’g’rilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar!

Barchangizni “1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lishini tilab qolamiz.