1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni muborak bo'lsin!

Chop etish

Assalom aleykum hurmatli jamoa, aziz hamkasblar va hurmatli ustozlar, hayot so'qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklaymiz.  Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz.Ming-minglab murg'ak qalblarga ezgulik yog'dusini sochadigan, o'z o'quvchilariga hayot maktabini beradigan mo'tabar zot - o'qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo'lsin, deymiz!

Haqiqatan ham, ko'z nuri va qalb qo'rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.  Aziz o’qituvchi, murabbiylar bayramingiz muborak bo’lsin!