Akademik litseyda Olimpiadachilar bilan suhbat o’tkazildi!
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida informatika, matematika fanlaridan viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan o’quvchilar bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbat jarayonida ularga kerakli zarur shart-sharoitlar va tayyorgarliklar bo’yicha kerakli tavsiyalar berildi. Olimpiadachilarga omad tilab qolamiz!





