Koreyaning Chungcheongnam xalqaro ta'lim markazi delegatsiyasi institut akademik litseyida bo'lishdi

Chop etish

Avval xabar qilinganidek, SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori Bobur Abdurazzoqov Janubiy Koreyaning Chungcheongnam xalqaro ta'lim markaziga tajriba almashish maqsadida xizmat safari bilan borib, tomonlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatgan edi.

Bugun ushbu sa'y-harakatlar natijasi o'laroq Koreyaning Chungcheongnam xalqaro ta'lim markazining o'qituvchi va o'quvchilari akademik litseyda bo'lib, uning faoliayti bilan yaqindan tanishishdi.

Ilmiy faoliyat, o'quv jarayonlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, xalqaro hamkorlik aloqalari, shuningdek, professor-o'qituvchilar va akademik litsey o'quvchilarining dars jarayonlaridagi ishtiroki hamda ularning yutuqlari shular jumlasidandir.