Mening konstitutsiyam mening tayanchim
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Mening konstitutsiyam mening tayanchim" nomli tadbir bo'lib o'tdi.
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov so'zi boshida barchani ushbu kun bilan chin dildan muborakbod etdi. Tadbir yuqori darajada tashkil etildi, akademik litsey o'quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari, ijodiy namoish hamda kuy qo'shiqlarga boy tarzda o'tdi.








