UzTEA Samarqand filiali o'z tashabbuskorlarini ko'paytirish bo'yicha faoliyatini davom ettirmoqda

Chop etish

UzTEA Samarqand filiali o'z tashabbuskorlarini ko'paytirish bo'yicha faoliyatini davom ettirmoqda .Bu safar guruhimiz Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti qoshidagi litseyga tashrif buyurishga qaror qildi va seminarni UzTEA Samarqand filiali rahbari Hilola Husanova o'tkazdi. Ishtirokchilarga UzTEA to'g'risida ma'lumot berildi va guruhga jalb qilindi. UzTEA faoliyatining ahamiyati va uning ingliz tili o'qituvchilari faoliyatidagi ro'li, shuningdek, CPD (doimiy rivojlanish dasturi) ahamiyati haqida suhbatlashish ingliz tili o'qituvchilari uchun ham qiziqarli bo'ldi.