O’tkazilgan Kengash yig’ilishida qanday masalalar muhokama qilindi?
Bugun, 29-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;
– Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti hamda institut akademik litseyi faoliyatini yanada yaxshilash hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini bundanda kengaytirish, litsey va fakultetda yangi ta’lim yo’nalishlarini ochish;
– Talabalarning o’quv jarayonida ishtirok etishi, o’quv jarayoni hamda dars jarayonlarining davom etish holati, jumladan, ARM fondini o’quv adabiyotlari, ilmiy hamda badiiy adabiyotlar va dasrliklar bilan yanada boyitish kabilar shular jumlasidan.





.jpg)





