SamDCHTI akademik litseyida yapon tili bo'yicha ochiq dars o'tkazildi

Chop etish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, barcha ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirish mamlakatimiz oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biridir.

Xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida ommalashtirish jahon miqiyosiga chiqish tomon tashlangan muhim qadam hisoblanadi. Shuning uchun ham yurtimizda chet tillarini samarali o‘qitish, o‘quvchi-yoshlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ham bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo'yilganligi, xususan, joriy yilning dekabr oyida xorijiy tillar oyligi o‘tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik.

Mazkur oylik doirasida bugun, 20-dekabr kuni akademik litseyning yapon tili o‘qituvchisi Sunnatullo Ne'matov tomonidan 205-guruh o‘quvchilari ishtirokida yapon tili fanidan ochiq dars o‘tkazildi.

Jarayon davomida mavzuga doir savollar berish barobarida turli xil qiziqarli mashg‘ulotlar, o‘yinlar o‘tkazilib o‘quvchilarning yapon tilidagi bilimlari yanada mustahkamlandi.