Dunyoning Top 1000 universitetlari ro'yxatiga kiruvchi universitet bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi.

Chop etish

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi  va Turkiyaning Anqara Hacettepe universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Turkiya respublikasida bo'lib qaytgan akademik litsey ijrochi direktori Boburjon Abdurazzoqov universitet rahbariyati bilan o'tkazilgan muzokaralar davomida bir qancha kelishuvlarga erishdi.

 

Hamkorlik memorandumida o'qituvchilar  va o'quvchilar stajirovkasi, o'quvchilar uchun hamkor ta'lim muassasalarda yozgi o'quv kurslari, o'qituvchilar uchun ilmiy va metodik seminarlar o'tkazish kabi loyihalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Shuningdek akademik litseyda Hacettepe universiteti bilan hamkorlikda turk tilini o'qitishni yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati