Akademik litseyda ommaviy hashar ishlari tashkillashtirildi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ommaviy hashar ishlari tashkillashtirildi. Har bayramlar oldidan tashkil etiladigan obodonlashtirish hamda ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borilishi o’zbek xalqining odat tusiga aylangan desak mubolog’a bo’lmaydi.
Erta tongdan akademik litsey rahbariyati hamda xodimlari ham obodonlashtirish ishlarini olib borishdi, binolar sinf xonalari hamda bog’lar tozalandi.



SamDCHTI akademik litseyi axborot xizmati


