Akademik litsey talabalar turar joyida shaxmat va shashka yoʻnalishi bellashuvi boʻlib oʻtdi
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi Talabalar turar joyida Akademik litsey oʻquvchilari hamda Institut talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, ulardagi sportga boʻlgan ishtiyoqni yanada oshirish boʻyicha aqliy sport turi buyicha shaxmat va shashka yoʻnalishi bellashuvi boʻlib oʻtdi.
Qizg‘in kurashga boy o‘tgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha
3-o‘rin Abdulnabiyev Elshod ,
2-o‘rin bilan Abdugʻafforov Husan,
1-o‘rin bilan esa Eshmurodov Elshod birinchilikni qoʻlga kiritdi.
«Shashka» musobaqasida
3-o‘rin Eshbekov Anvar,
2-oʻrinni Abdugʻafforov Hasan va
1-oʻrinni Togʻaybekova Zahro
qo‘lga kiritdi.






