Akademik litsey o’quvchilari muzeyga sayohat qilishdi

Chop etish

Akademik litsey  o'quvchilari 19-sentabr kuni  Samarqand shahridagi ''Qatag'on qurbonlari xotirasi'' muzeyiga akademik litseyning Tarix fani oʻqituvchisi U.Ortiqov boshchiligida sayohat qilishdi. O'quvchilar ushbu sayohat davomida Turkistonda jadidchilik harakati va jadidchilik harakati namoyondalari, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

 

Shuningdek, litsey oʻquvchilariga Turkistonda ilm-fan va madaniyatning rivojlanish tarixi haqida ham ma'lumot berildi. Bunday ekskursiyalarning tashkil qilinishi oʻquvchilarning bilim ko'nikmasini mustahkamlash va oshirishdagi eng samarali usullardan biri bo'ldi.