Akademik litseyda “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi va “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Chop etish

Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyida Yuridik ta’limning uzluksizligini ta’minlash hamda voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish maqsadida  “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi va “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

 

Ushbu olimpiadada akademik litseyning 17 nafar o‘quvchisi ixtiyoriy ravishda qatnashdi, olimpiada 2 bosqichda: test va essay yozish o‘tkazildi  va test  tekshirilib natijalar e’lon qilindi. Bo‘lib o‘tgan ichki olimpiada natijalariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar faxrli o‘rinlarni egallashdi:

1-o‘rin Sanakulov Asilbek  207-guruh 87,5 ball

2-o‘rin Safarov Shaxriyor 207-guruh 85 ball

3-o‘rin Sharafiddinova Ruxshona 207-guruh 75 ball

 

“Huquqiy zakovat” intellektual o‘yini ham o‘quvchilar o‘rtasida qizg‘in tarzda o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan intelektual o‘yin natijalariga ko‘ra quyidagi guruhlar faxrli o‘rinlarni egallashdi:

1-o‘rin “Qonun chiqaruvchi” jamoasi 12 ball

2-o‘rin “Sud hokimyati” jamoasi 10 ball

3-o‘rin “Intellekt” jamoasi 207-guruh 9 ball

Olimpiada va intelektual o‘yin yakunida g‘olib o‘quvchilar va guruhlar esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.