Yaponiyaning Tsukuba universiteti deligatsiyasi akademik litseyga tashrif buyurdi
Tashrif doirasida Yaponiyaning Tsukuba universiteti Talabalar almashinuvi dasturi rahbari Nozava Akiko San, Ijtimoiy Gumanitar fanlar Instituti professori Ismoilov Murod Matlabovich, Markaziy Osiyo loyihalari bo'yicha xodimi Bayramov Begenchlar va akademik litsey ijrochi direktori Dilshodxon Islomov ishtirokida uchrashiv o'tkazildi.
Uchrashuv doirasida talabalarga Tsukuba universiteti haqida batafsil ma'lumot berildi. Hamkorlar o‘rtasida kelajakda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi. Shuningdek, akademik litsey o‘quvchilariga Yaponiyaning Tsukuba universitetida o'qish,Yaponiyada yashash, kasb tanlash va erkin faoliyat bilan shug'ullanishlari bo'yicha ko'rsatmlaar berildi. Talaba va o'qituvchilar o'zlarini qiziqrtirgan savollariga javob olishdi.









