"Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar. Ko'chma ma'nolar va ularning tahlili yuzasidan amaliy mashg'ulot" mavzusida ochiq dars
SamDCHTI akademik litseyida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ochiq dars va mashg'ulotlarning muntazam ravishda o'tkazib kelinishi oʻquvchilarning bilim koʻnikmalarini yanada ilgʻor va samarali darajada rivojlantiradi.
Xususan SamDCHTI akademik litseyi ona tili fan oʻqituvchisi Nafisa Nuriddinova boshchiligida 103-guruh oʻquvchilari tomonidan ona tili fani doirasida "Bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zlar. Ko'chma ma'nolar va ularning tahlili yuzasidan amaliy mashg'ulot" mavzusida ochiq darslar o'tkazildi.
Fan doirasida oʻtkazilgan ushbu ochiq darsda "Pazl", " Mozaika", " Toifalash jadvali", "Tojni top", " FSMU", " Zakovat sandiqchasi", "Rebus", " Obrazlar so'zlaganda", " Rasmli masalliq" metodlaridan unumli foydalanildi va darsda faol qatnashgan o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.







