SamDCHTI akademik litseyi o'quvchisi muddatidan oldin xorijiy OTM ga talabalikka qabul qilindi

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi o'quvchisi Zarifqulov Azizjon tinimsiz izlanishlari samarasi o'laroq tengdoshlaridan oldin talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ldi. U Yaponiyaning O'zbekistondagi nufuzli oliygohi JDU (Japan digital university)ga o'qishga qabul qilindi. Azizjon hozirda akademik litseyning 205-guruhida yapon tili bo'yicha tahsil olib kelmoqda.
O'quvchimizni erishgan yutug'i bilan qutlagan holda, kelgusi o'qishlarida bundan-da yuqori muvafaqqiyatlarga erishishini tilaymiz.


