Akademik litseyda ,,Le français -c'est la langue de l'amour " nomi ostida bayram tadbiri o'tkazildi

Chop etish

22-noyabr sanasi Fransiyada “O'qituvchilar kuni” sanaladi. Shu munosabati bilan  Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida ,,Le français -c'est la langue de l'amour " nomi ostida bayram tadbiri  o'tkazildi. Ushbu tadbirda akademik litsey ijrochi direktori D.U.Islomov SamDCHTI Roman German fakulteti fransuz tili fani o'qituvchilari D.Ataullayeva, N.Pulatova, ,,Alliance française"  til o'qitish markazi vakillari Madame Esabelle va M .To'rayeva  hamda Akademik litsey fransuz tili fani o'qituvchisi U.Mamatjonova  va 1-2-kurs  o'quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir qiziqarli va hayajonga boy tarzda boʻlib o'tdi. Tadbir  so'ngida faol ishtirok etgan o'quvchilar, "Faxriy yorliqlar" bilan taqdirlandi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati