"Buyruq va istak gaplar. His-hayajon gaplar" va ularning tahlili yuzasidan amaliy mashgʻulot mavzusida ochiq dars

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida  turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ochiq dars va mashg'ulotlarning  muntazam ravishda o'tkazib kelinishi oʻquvchilarning bilim koʻnikmalarini yanada ilgʻor va samarali darajada rivojlantiradi.

 

Xususan  27-noyabr kuni SamDCHTI akademik litseyi ona tili-adabiyot  fan oʻqituvchisi  Tillaboyeva Zilola boshchiligida 203-guruh oʻquvchilar ishtirokida "Buyruq va istak gaplar. His-hayajon gaplar" va ularning tahlili yuzasidan amaliy mashgʻulot mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

 

Fan doirasida oʻtkazilgan ushbu ochiq darsda "Musiqali shlyapa", "Besh tashla" " Tez va chaqqon bo'l", "Soyabon", "Bilmasxon tashrifi" kabi interfaol metodlardan foydalanildi  va darsda faol qatnashgan o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati