,,Ruhlar isyoni" dostonida ijodkor va millat ozodligi muammosining badiiy-falsafiy talqini mavzusida ochiq dars o'tkazildi

Chop etish

SamDCHTI akademik litseyida  turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ochiq dars va mashg'ulotlarning  muntazam ravishda o'tkazib kelinishi oʻquvchilarning bilim koʻnikmalarini yanada ilgʻor va samarali darajada rivojlantiradi.

 

Xususan  30-noyabr kuni SamDCHTI akademik litseyi ona tili-adabiyot  fan oʻqituvchisi Kuvatova Nafisa Zayerjonova  boshchiligida 206-guruh oʻquvchilari ishtirokida ,,Ruhlar isyoni" dostonida  ijodkor va millat ozodligi muammosining badiiy-falsafiy talqini mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

 

Fan doirasida oʻtkazilgan ushbu ochiq darsda "Aqliy hujum", "Kuz daraxti", "Karta metodi", "Mushoira", "QMT", "Pinbord", " Tushunchalar tahlili" kabi metod va interfaol o'yinlardan foydalanilib  "Ruhlar isyoni" dostonidan "Abadiyot haqida rivoyat" sahnalashtirildi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati