“Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati, insholar, hamda rasmlar ko'rik tanlovi o'tkazildi
"9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida joriy yilning 3-dekabr kuni Institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Fozil Abduraxmonov ishtirokda “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati, insholar, hamda rasmlar ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Ushbu tadbirda o'quvchilar “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzusiga doir bilimlarini o'zlarining chizgan rasmlari va yozgan insholarida namoyon etdilar.








