Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi an'anaviy ta'lim jarayonlariga qaytdi

Chop etish

Ma'lumki, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan  qabul qilingan tegishli qarorga muvofiq joriy yilning 7-fevralidan boshlab umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tarzda an’anaviy shaklga o‘tkazilishi belgilangan edi.

Shu munosabat bilan bugun, 7-fevraldan SamDCHTI akademik litseyida ham an'anaviy ta'lim jarayonlari boshlandi. 

O'quv jarayonlari karantin qoidalariga rioya qilgan holda tashkil etilishi ta'minlanmoqda.

 

SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati