O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yillik shodyonasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman

Chop etish

Qadrli ustozlar, aziz o'quvchilar!

Siz, azizlarni, ko‘p millatli jonajon xalqimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yillik shodyonasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

 

Shuni aytishim joizki, Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori sanaladi. Asosiy Qonunimizning jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini yuksak qadrlaymiz.

Hayotingizda doimiy barqarorlik, rivojlanish va yangi yutuqlarning amalga oshishini, shuningdek, qalbingizni doimo ijobiy his-tuyg‘ular bilan to‘ldiradigan  go‘zal hayot va yorqin kelajak hamrohingiz bo‘lishini tilayman!

 

Yurtimizni doimo tinchlik va farovonlik tark etmasin!

 

 

SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori

Islomov Dilshodxon Umarovich!