204-guruh o'quvchilari ishtirokida adabiyot fanidan ochiq dars o'tkazildi

Chop etish

Adabiyot, san'at va musiqa, shubhasiz, kishining aqliy, ijodiy va shaxsiy o'sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham barcha ta'lim muassasalarida mazkur fanlarning samarali o'qitilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

 

Xususan, SamDCHTI akademik litseyida ham turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, ochiq dars va mashg'ulotlar oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan 204-guruh  o'quvchilari ishtirokida adabiyot fanidan o'tkazilgan qiziqarli ochiq dars, so'zimiz isbotidir.

 

Fan doirasida o'tkazilgan mazkur darsda ,,Zakovat charxpalagi", ,,Tafakkur daraxtini jonlantiring", ,,Blits so'rovnoma"  kabi interfaol metodlardan foydalanildi. Shuningdek Abdulla Oripovning"Jannatga yoʻl " drammatik dostonida savob va gunoh masalasi o'quvchilar tomonidan mahorat bilan sahnalashtirilganligi barchada o'zgacha taassurotlar qoldirdi va  faol ishtirok etgan oʻquvchilar akademik litsey ijrochi direktori Islomov Dilshodxon Umarovich tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati