Giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
SamDCHTI akademik litseyda yoshlar o'rtasida giyohvandlikning oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda litsey yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Ibragimov ishtirok etdi va mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
O'tkazilgan davra suhbatida giyohvandlikning yosh avlod kelajagiga ta’siri, giyohvandlikning oldini olish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suisteʼmol va noqonuniy aylanishini oldini olish va uning salbiy oqibatlari hamda undan saqlanish yo‘llari muhokama qilindi. Tadbir davomida ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berildi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish kerakliklari ta’kidlandi.
Mazkur tadbir yoshlarning giyohvandlik kabi illatlarga qarshi immunitetini kuchaytirish va ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishga xizmat qildi.



.jpg)



