Akademik litsey o‘quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida milliy sertifikat sinovi testi tashkil qilindi
Ushbu sinov testga milliy sertifikat olish maqsadida tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar ishtirok etdilar. Imtihon jarayonida o‘quvchilarning ona tili fanidan bilimlari va adabiyot fanidan o‘zlashtirgan nazariy hamda amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Sertifikatlash tizimi o‘quvchilarning kelgusidagi ta’lim jarayonlarida va oliy ta’lim muassasalariga kirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Sinov adolatli, shaffof va belgilangan tartib asosida tashkil etildi.




.jpg)



