"Jannatga yo‘l" romanida boqiy dunyo haqidagi o‘ylarining aks etishi mavzusida ochiq dars

Chop etish

Bugun 18-dekabr sanasida SamDCHTI akademik litseyida 203-guruh o‘quvchilariga ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi  Tillabayeva Zilola tomonidan Abdulla Oripovning "Jannatga yo‘l" romanida boqiy dunyo haqidagi o‘ylarining aks etishi  mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

 

Darsda "Tipratikan", "Sehrli tong", "Omadli baliqchalar", "Issiq kulcha", "Sehrli shar", "Omadli o‘quvchi", "Singan likopcha" kabi interfaol metodlar ishlatildi, bu metodlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va mavzuni chuqurroq tushunishiga xizmat qildi. Ochiq dars har bir metod mavzuga mos ravishda tashkil etildi va o‘quvchilarni faol ishtirok etishiga undadi.

 

Ochiq dars ko‘tarinki ruhda oʻtib 203-guruh o‘quvchilarining bilim olishdagi faolligi, ijodiy fikrlashi yaqqol ushbu jarayonda namoyon bo‘ldi. Bu kabi darslar nafaqat fan o‘rganishdagi samaradorlikni oshiradi, balki o‘quvchilarning adabiy tafakkurini rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati