Iqtidor, albatta, yuzaga chiqadi
Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyidan tahsil oluvchi iqtidorli o'quvchilardan yana biri Usmonov Shaxriyorbek muddatidan oldin xorijiy OTM ga talabalikka qabul qilindi.
Usmonov Shaxriyorbek o'zining izlanishlari, ilm yo'lidagi tinimsiz harakati sabab ustozlar hamda ota-onasi ishonchini oqlagan holda tengdoshlaridan oldin talaba bo'lishga muvaffaq bo'ldi. U Yaponiyaning O'zbekistondagi nufuzli oliygohi JDU (Japan digital university)ga o'qishga qabul qilindi. Shaxriyorbek hozirda akademik litseyning 203-guruhida tahsil olib kelmoqda.
Iqtidorli, bilimli hamda salohiyatli o'quvchilarimiz soni kundan kun ortib borayotganligi Vatanimiz taraqqiyoti yo'lida tashlangan yana bir shahdam qadamdir.
SamDCHTI akademik litseyi matbuot xizmati


