‘’Yangi yil shukuhi" tadbiri SamDCHTI akademik litseyida o‘zgacha bayramona muhit yaratdi.

Chop etish

‘’Yangi yil shukuhi" tadbiri SamDCHTI akademik litseyida o‘zgacha bayramona muhit yaratdi. Tadbirda ishtirok etgan talabalar, o‘qituvchilar va ota-onalar birgalikda yangi yil kayfiyatida bayramni kutib olishdi. Ayniqsa, stependiyantlar va namunali talabalar e’tirof etilib, ularning muvaffaqiyatlari alohida ta’kidlanganida, barchaning qalbida faxr va g‘urur tuyg‘ulari uyg‘ondi.

 

Ota-onalarning tashakkurnoma bilan taqdirlanishi esa ularning farzandlariga ko‘rsatgan tarbiyaviy mehnatining e’tirofi sifatida qabul qilindi. Bu tadbir nafaqat bayramona muhitni yaratdi balki yoshlarda mas’uliyat, intilish va bir-birini qadrlash fazilatlarini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etdi.

 

 

 

SamDChTI akademik litseyi axborot xizmati